Angliya Premer-ligasining 21-turidan örin olgan markaziy bahsda «Arsenal» öz uyida «Mançester Yunayted»ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi işonçli ğalabani qölga kiritdi.
Londonliklar ikki golni ham birinçi bölimda urişdi. 8-daqiqada Nikolya raqib jarima maydoniga öziga kelib tuşgan töpni osonlik bilan darvoza töriga joyladi. «Arsenal» bölim oxirida yana bir gol urdi, 42-daqiqada burçak töpidan keyin Lyakazett bergan zarbani «Mançester Yunayted» darvozaboni David de Xea qaytardi, ammo qaytgan töpga Sokratis Papastatopulos yaqin masofadan turib kuçli zarba yölladi.
Bu «Arsenal»ning Londondagi öyingohda 2019 yil oktyabridan buyon qölga kiritgan ilk ğalabasi böldi. Jamoa oçkolari sonini 27taga yetkazdi va turnir jadvalida 12-örindan 10-öringa kötarildi. «Mançester Yunayted» 31 oçkosi bilan 5-örinni saqlab qoldi.
APL, 21-tur
Arsenal – Mançester Yunayted 2:0
Gollar: Pepe - 8, Sokratis - 42
1 yanvar, «Emireyts»
Arsenal: Leno, Kolaşinats (Saka, 69), Luiz, Sokratis, Meytlend-Naylz, Ozil, Jaka, Torreyra, Pepe (Nelson, 62), Lyakazett (Genduzi, 82), Obameyang.
Mançester Yunayted: De Xea, Lindelyof, Van-Bissaka, Şou, Maguayr, Matiç (Mata, 81), Jyeyms (Grinvud, 58), Fred, Lingard (Pereyra, 58), Marsyal, Reşford.
Ogohlantirişlar: Kolaşinats (3), Saka (82).
Turning qolgan öyinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

21 turdan keyin turnir jadvalidagi holat:













