Şu kunlarda Facebook ijtimoiy tarmoğida «Otabek Nuritdinov» taxallusi ostida voqea-hodisalarga öz munosabatini bildirib kelgan fuqaro Abdufatto Nuritdinov tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib 15 sutka ma'muriy qamoq bilan jazolanişi mavzusi keng muhokama qilinmoqda. Oliy sud matbuot xizmati Kun.uz’ga uşbu iş böyiça batafsil ma'lumot berdi.

Kimlar şikoyat qilgan?

Iş hujjatlariga köra, Asaka tumani hokimi E.Yakubov, Asaka tumanidagi 27-umumiy örta ta'lim maktabi direktori M.Isaqova va Andijon viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi boşliği F.Buzrukov Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining işonç telefoniga murojaat qilib, Facebook orqali 2019 yil 4 avgust, 2019 yil 7 oktabr va 2019 yil 18 oktabr kunlarida «Otabek Nuritdinov» nomli akkaunt foydalanuvçisi ularni obrösizlantiruvçi, şaxsiyatini şarmanda qiluvçi, haqoratli uydirmalar hamda tuhmat va böhtondan iborat ma'lumotlarni tarqatgani uçun unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Ötkazilgan tekşiruv jarayonida «Otabek Nuritdinov» akkaunti 1983 yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan, oliy ma'lumotli, oilali, 4 nafar farzandi bor, işsiz, muqaddam sudlanmagan, ma'muriy javobgarlikka tortilgan, ayni vaqtda Andijon viloyatining Asaka tumanida yaşaydigan Abdufatto Nuritdinovga tegişli ekani aniqlangan.

Bundan taşqari, Asaka tuman «Suvoqova» DUK rahbari B.Qahhorov Asaka tuman içki işlar bölimiga murojaat qilib, 2019 yil 30 dekabr kuni soat 10:30larda Asaka tuman Moliya bölimi oldida A.Nuritdinov uni jamoat joyida uyatli sözlar bilan sökkani uçun unga nisbatan qonuniy çora körilişini söragan.

«Suriştiruv işlarini amalga oşirgan Asaka tuman içki işlar bölimining 2019 yil 30 dekabrdagi jinoyat işini qözğatişni rad etiş va ma'muriy tartibda çora köriş haqidagi qaroriga köra, Asaka tuman Sohil böyi köçasi 2-uyda yaşovçi, Asaka tumani hokimi Erkinjon Yakubov Özbekiston Respublikasi IIV işonç telefoniga murojaat qilib, Asaka tuman hokimiyati mutaxassislari tomonidan internet orqali viloyatdagi ijtimoiy–siyosiy vaziyat böyiça fuqarolar tomonidan bildirilayotgan fikr va mulohazalar kuzatib borilayotgani, Facebook ijtimoiy tarmoği orqali 2019 yil 4 avgust kuni soat 14:57da «Otabek Nuritdinov» nomli akkaunt foydalanuvçisi fuqarolarda hokimiyat vakillariga nisbatan işonçsizlik kayfiyatini uyğotuvçi, ularni obrösizlantiriş, şuningdek viloyat hamda tuman hokimlariga nisbatan tuhmat va böhtondan iborat bölgan ma'lumotlarni muntazam ravişda joylaştirib kelayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.