Oliy sud matbuot xizmati Kun.uz’ga uşbu iş böyiça yangi ma'lumot berdi. Unga köra, bloger tayinlangan jazo ustidan kassatsiya tartibida şikoyat bergan.

«2019 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyat ma'muriy sudining oçiq sud majlisida Asaka tuman içki işlar bölimi tomonidan fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov) ga oid Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma'muriy iş körib çiqilgan.

Sud qaroriga köra, A.Nuritdinov Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil ötaş uçun 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

2020 yil 3 yanvar kuni huquqbuzar A.Nuritdinov tomonidan Andijon viloyat ma'muriy sudiga şu sudning 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassatsiya tartibida şikoyat keltirilgan bölib, uşbu şikoyat asosida A.Nuritdinovga oid ma'muriy iş viloyat sudining kassatsiya instansiyasida köriş uçun rasmiylaştirildi.

Mazkur ma'muriy işni kassatsiya tartibida körib çiqiş böyiça oçiq sud majlisi 2020 yil 4 yanvar kuni soat 11:00ga tayinlangan», deyiladi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov tomonidan taqdim etilgan ma'lumotda.