Otabek Nuritdinov taxallusi bilan tanilgan andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinov 14 yanvar kuni öziga tayinlangan muddatni ötab bölib ozodlikka çiqdi.

U özi qamoqdaligida dunyoga kelgan farzandini va rafiqasini köriş uçun tuğruqxonaga borgan.

Otabek Nuritdinov kim va u nega qamaldi?

Abdufatto Nuritdinov dekabr oyi oxirida Asaka tumani hokimligi mulozimlarini tomonidan berilgan şikoyatlar yuzasidan qölga olingan, unga öşa kunning özidayoq iş oçilgan, tergov olib borilgan va iş sudga yuborilgandi. Tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda ayblangan bloger Andijon viloyati ma'muriy sudining 30 dekabrdagi qaroriga asosan BHMning 60 baravari miqdorida (13 million söm) jarimaga tortilgan.

Bloger öz postlarida asosan Asaka şahridagi mansabdorlar faoliyatidagi ehtimoliy korrupsion faktlar, budjet mablağlarini öğirlaş va talon-toroj qiliş holatlari haqida yozgan.

Abdufatto Nuritdinov öz aybini tan olmay, özining şaxsiy fikrini davlat idoralari vakillari va fuqarolarning obrösini tökiş deb hisoblamasligi, şuningdek, 30 dekabr kuni heç kimni haqorat qilmaganini ta'kidlagandi.

Bu hodisa ijtimoiy tarmoqda rezonans keltirib çiqargan, köplab blogerlar va faollar uni himoya qilib çiqişgandi.

4 yanvar kuni Andijon viloyati ma'muroy sudining kassatsiya instansiyasi blogerning şikoyatini rad etgan va 30 dekabrdagi qaror özgarişsiz qoldirilgandi.

Eslatib ötamiz, 12 yanvar kuni blogerning onasi ijtimoiy tarmoq orqali öğliga yana ikkita iş oçilgani haqida xabar qilgan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagandi.