2019 yil 4 yanvar kuni Andijon viloyat ma'muriy sudi kassatsiya instansiyasining oçiq sud majlisida fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov) tomonidan Andijon viloyat ma'muriy sudining 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassatsiya tartibida keltirgan şikoyati ma'muriy iş hujjatlari asosida körib çiqildi.
Eslatib ötamiz, 2019 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyat ma'muriy sudining oçiq sud majlisida Asaka tuman içki işlar bölimi tomonidan fuqaro A. Nuritdinovga oid Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma'muriy iş körib çiqildi.
Sud qaroriga köra, A. Nuritdinov Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil ötaş uçun 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Sud majlisida A. Nuritdinov iştirokida jabrlanuvçilar va guvohlar söroq qilindi. Huquqbuzarning körsatmalari va himoyaçisining muzokara sözlari tinglandi.
Mazkur ma'muriy iş Andijon viloyat ma'muriy sudi sudyasi D. Xalilov raisligida körib çiqildi.
Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning xabar berişiça, sud uşbu ma'muriy iş materiallarini har tomonlama va töliq örgangan holda A. Nuritdinovning kassatsiya tartibida berilgan şikoyatini rad qilib, qanoatlantirilmasdan qoldiriş va Andijon viloyat ma'muriy sudi tomonidan 2019 yil 30 dekabrdagi unga nisbatan çiqarilgan qarorni özgarişsiz qoldiriş haqida qaror qabul qilinganligi ma'lum qilindi.
Sudda raislik etuvçi tomonidan işda iştirok etgan şaxslarga e'lon qilingan qarorning mazmun mohiyati hamda kassatsiya instansiya sudining qaroridan norozi bölgan taraflar Özbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'atiga nazorat tartibida şikoyat bilan murojaat qilişi mumkinligi tuşuntirildi, deyiladi Oliy sud ma'lumotida.
Mavzuga oid:
Andijonda bloger uçta ayblov bilan 15 sutkaga qamaldi
Otabek Nuritdinov kim va u nega qamaldi?












