2019 yil 4 yanvar kuni Andijon viloyat ma'muriy sudi kassatsiya instansiyasining oçiq sud majlisida fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov)ga nisbatan çiqarilgan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi özgarişsiz qoldirildi.
Sud A. Nuritdinovning kassatsiya tartibida berilgan şikoyatini rad qilib, qanoatlantirilmasdan qoldiriş va Andijon viloyat ma'muriy sudi tomonidan 2019 yil 30 dekabrdagi unga nisbatan çiqarilgan qarorni özgarişsiz qoldiriş haqida qaror qabul qilgan.
Kun.uz muxbiri Abdufatto Nuritdinovning advokati Umidbek Davlatovdan holat yuzasidan izoh berişni söradi.

«Sudyadan ma'muriy işni butunlay..., birinçi bosqiç sudining çiqargan ma'muriy qarorini bekor qilib, işni harakatdan tugatib, A.Nuritdinovga nisbatan ariza yozganlarga nisbatan qonuniy çora, ya'ni tuhmat bilan ariza yozganligi uçun qonuniy çora körişni talab qildim. Buni asoslab ham berdim, mana şunça guvohlar, inobatga olmadi.
Bu yerda protsessual qoidabuzarliklar juda köp böldi. Birinçidan, sud majlisi oçiq deb e'lon qilindi, oçiq deb e'lon qilinişi bilan sudya özining kimligini, sud tarkibini taniştirmasdan turib videokamerani kiritiş böyiça iltimosnomaning muhokamasiga ötib ketdi. Undan söng mening özim «ism-familiyangizni yozib qöyay», degandan keyingina özining şaxsi töğrisida ma'lumot berdi. Protsessual qoidabuzarliklar juda köp, bu qonun böyiça qabul qilingan sud qarorining bekor bölişiga yuz foizlik asos böladi.
Keyingi harakatlar - sudning qarorini olganimizdan söng Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'atiga nazorat tartibida şikoyat bildiriş. Sud ajrimini qölimizga olişimiz bilan harakatni boşlaymiz», - dedi Abdufatto Nuritdinovning advokati.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning 30 dekabr kuni tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda ayblangan A.Nuritdinovga nisbatan Andijon viloyati ma'muriy sudining qaroriga asosan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 40-moddasi bilan BHMning 30 baravari miqdorida 6.690.000 söm jarima jazosi, 41-moddasi bilan BHMning 30 baravari miqdorida 6.690.000 söm jarima jazosi, 183-moddasi bilan 15 sutka ma'muriy jazo belgilandi.












