Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida 1 yanvar kuni soat 19:00larda oqibati ölim bilan tugagan yöl-transport hodisasi röy berdi.

Postda.uz xabariga köra, haydovçi N.A. «Spark» rusumli avtomaşinasini «Bektemir –Çorboğ» 4R-12 yölining 67-kilometrida haydab ketayotib, piyodalar – uy bekasi X.R. va turmuş örtoği K.R. hamda öğli R.T.ni urib yuborgan.

Natijada X.R. voqea joyida vafot etgan. K.R. va R.T. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.