Özbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumçisi Eldor Şomurodov qit'aning nufuzli sport saytlaridan biri sanalmiş «FOX Spors Asia» tomonidan «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxşi futbolçisi» nominatsiyasida 24 nafar nomzodlardan biri sifatida kiritilgandi.
3 yanvar kuni «Titan Spors» va «FOX Spors Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan uşbu nominatsiyaning ğolibi aniqlandi. Bu safar ham Janubiy Koreya va «Tottenhem» klubi futbolçisi Son Xyon Min Osiyoning 2019 yildagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Angliya Premer-ligasi va Yevropa Çempionlar ligasida ajoyib öyinlar namoyiş etgan futbolçi jami ovozlarning 31,6 foiziga ega çiqib, 258 oçko töpladi.
Şuningdek, kuçli uçlikdan qatarlik Akrom Afif («As-Sadd», 114 oçko) va yaqinda «Liverpul»ga ötgan yaponiyalik Takumi Minamino (90 oçko) joy oldi.
Naşr jurnalistlari örtasidagi sörovnomada hamyurtimiz Eldor Şomurodov 13-örinni egalladi. «Rostov» va Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi 10 oçko olgan.
Ma'lumot uçun, 2013 yildan buyon «Titan Spors» va «FOX Spors Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan uşbu nominatsiyaning amaldagi ğolibi ham janubiy koreyalik Son Xyon Min sanalardi.
«Osiyoning 2019 yildagi eng yaxşi futbolçisi». Sörovnoma yakuni:
1. Son Xyon Min (Tottenhem), Janubiy Koreya - 258 oçko
2. Akrom Afif (As-Sadd), Qatar – 114
3. Takumi Minamino (Zalsburg/Liverpul), Yaponiya – 90
4. Ali Almoyez (Duhayl), Qatar - 64
5. Sardor Ozmun (Zenit), Eron - 58
6. Bafetimbi Gomis (Al-Hilol), Fransiya - 49
7. Vu Ley (Espanol), Xitoy - 29
8. Salim Al-Dovsari (Al Hilol), Saudiya Arabistoni – 26
9. Bağdod Buneja (As-Sadd), Jazoir - 15
10. Paulino (Guanjou Evergrand), Braziliya - 14












