Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Kun.uz'ga bergan intervyusida sohadagi dolzarb masalalar, şuningdek alohida imtiyoz va preferensiyalarga oid fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Özbekistonda islohotlarni boşlaganimizga uç yil tölyapti. Undan oldin 25 yil, bilasiz, boşqaça tizimda yaşadik. Undan ham oldin 70 yildan köproq vaqt ma'muriy buyruqbozlik tizimida faoliyat yuritdik. Ya'ni bozor iqtisodiyoti nimaligini, raqobat nimaligini, şu kabi boşqa elementar tuşunçalarni bilmay keldik.

Misol tariqasida aytaman, investitsiyalar va taşqi savdo masalalari bilan işlaşda tizimli yondaşuv 2019 yilga kelib taşkil qilindi. Ya'ni islohotlar ikki yil davom etgandan keyingina şunday tizim yaratiş kerak, degan töxtamga keldik. Tizim yaratildi va biz mutlaqo yangiça yondaşuv asosida işlaşni boşladik.

Masalan, şaffoflik haqida gapirdingiz. Hozir butun dunyo olqişlayapti – Özbekistonda tarixda birinçi marta muqobil energetika sohasida auksion ötkazildi. Unda BAAning Masdar kompaniyasi ğolib böldi. Elektrenergiya tarifi arzonligini misli körilmagan rekord desak ham böladi, şundan keyin hatto qöşni davlatlarimiz ham bizga çiqib, «Nima qilyapsizlar, butun bozorni sindirib qöydinglar-ku, narx bunçalik past?» deyişdi. Biz aytdik, mana – raqobat va şaffoflikning haqiqiy natijasini öz közimiz bilan kördik.

Endi şunga öxşagan hamma loyihalarni faqat şu asosda amalga oşirişni özimizga maqsad qilib qöydik», – deydi vazir.

Uning fikriça, imtiyoz va preferensiyalardan voz keçiş kerak.

«Albatta, imtiyoz va preferensiyalar bölmasligi kerak. Imtiyoz-preferensiyalardan voz keçib, qonuniy şaroit yaratişimiz kerak. Bitta misol. Katta-katta investorlar kelsa, biz ular bilan investitsiyaviy şartnomaga qöl qöyaylik, deb kelişuv tuzamiz. Unda tomonlarning majburiyatlari yoziladi: u taraf nimani öz böyniga oladi, hukumat tarafi uni nima bilan (imtiyoz va h.k.) ta'minlab beradi... Mening fikrim: biz hozir şunday yönalişga tuşib olişimiz kerakki, oqibatda bunaqa investitsiyaviy kelişuvlarga ham hojat bölmasligi kerak.