Qarşining «Nasaf» klubi markaziy himoyaçisi Umar Eşmurodov «Paxtakor» a'zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Faoliyati davomida «Şörtan» va «Nasaf» jamoalari safida yuqori liga öyinlarida 152 bor maydonga tuşgan himoyaçi 4 gol muallifiga aylangan. Eşmurodov ötgan mavsum barça uçraşuvlarda iştirok etgan.
Umar Eşmurodov erkin agent sifatida «Paxtakor» bilan ikki yillik şartnomaga imzo çekdi. Umid qilamizki, Eşmurodovning jamoamizdagi faoliyati muvaffaqiyatli keladi. «Şerlar» safiga xuş kelibsan, Umar!» - deya yozadi «Paxtakor» klubi rasmiy sayti.
Eslatib ötamiz, 27 yoşli Umar Eşmurodov 2019 yilgi Superliga bahslarida «Nasaf» safida 26 öyinda maydonga tuşgan.












