Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo AQSh Eronning general Sulaymoniyning o‘limi uchun ehtimoliy javobiga tayyorligini aytdi
Foto: epa/vostock-photo
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh Eronning general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun har qanday ehtimoliy javobiga tayyorligini aytdi.
"Shubhalanmang: Tramp ma'muriyati amerikaliklarni himoya qilish uchun barcha narsani qilishga tayyor. Keyingi haftalarda biz xalqaro koalitsiyani mustahkamlab va mintaqadagi hamkorlarimizga yordam ko‘rsatib, zarur choralarni ko‘rdik. Biz choralar ko‘rishda davom etamiz va zarur bo‘lsa javob qaytarishga tayyormiz", - dedi Pompeo CNN telekanali efirida.
"Biz ko‘plab variantlarni belgilab olganmiz. Eronning har qanday ehtimoliy javobiga tayyormiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti hududida AQSh aviazarbalari oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibidagi «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.
Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi va AQShdan buning uchun qasos olinajagini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026