«Vaqtning bir daqiqasini ham bekor ötkazmang» - prezident yoşlarga ögit berdi. Samarqandda Butunjahon şaxmat olimpiadasi boşlandi. Tibbiyotda 6 yillik bakalavriat yönalişi joriy etiladi. Xorazmda çiqindidan elektr energiyasi işlab çiqariladi. Sirdaryoda bankomatni bolta bilan oçmoqçi bölgan yigit qölga olindi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
«Vaqtning bir daqiqasini ham bekor ötkazmang» - prezident yoşlarga ögit berdi
Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga taşrifi davomida, Seul Toşkentdan tört soat oldinda bölgani uçun davlat rahbarining iş kuni tonggi soat 4:00 da boşlanayotgani maʼlum böldi.
«…Men maşinada köp yuraman, köçada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoşlarni körib öylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari şu ekanini bilsalar… Bilasizlarmi, prezident bölib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!» - dedi prezident Seulda vatandoşlar bilan muloqotda.
«Bir daqiqa vaqtni ham bekorga ötkazmang. 5 yil ötadi, 10-15 yil ötadi. Kim boşqaradi Özbekistonni? Sizlar. Töğri, soğinç qiynaydi. Vatan soğinçi alamida köproq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar», deb qöşimça qildi davlat rahbari.
Prezident ularga taşrif tafsilotlarini tuşuntirdi, nega Janubiy Koreyaga kelgani, munosabatlar qanday rivojlanib borayotgani, şu yerdagi fuqarolarga qanday kömak beriş mumkinligi haqida suhbatlaşdi, yoşlarning takliflarini tingladi.
Samarqandda Butunjahon şaxmat olimpiadasi boşlandi
Samarqandda şaxmat tarixidagi eng yirik jamoaviy turnir - 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Musobaqada butun dunyodan rekord hisobdagi 398 ta jamoa, 1974 nafar şaxmatçi va 240 nafar grossmeyster iştirok etadi.
Ayollar örtasidagi turnirda amaldagi çempion - eng kuçli tarkibda kelgan Hindiston terma jamoasi oltin medalga asosiy daʼvogar hisoblanadi. Erkaklar turnirida AQŞ terma jamoasi birinçi boşlanğiç raqamni oldi. Ikkinçi örinda - tarkibida hozirgi şaxmat qiroli Gukeş Dommaraju iştirok etayotgan 2024-yilgi çempion Hindiston terma jamoasi. Uçinçi raqam - turnir mezboni, Javohir Sindarov boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasiga tegişli.
















