Turkiya parlamenti Liviyaga BMT tomonidan tan olingan hukumatga yordam beriş uçun harbiylar jönatilişiga ruxsat beruvçi qonun loyihasini qabul qildi. Lekin bu turk harbiy qismlari darhol Liviyaga yöl olişi va marşal Xalifa Haftarga yordam berayotgan rossiyalik yollanma jangçilarga qarşi turişini anglatmaydi.

Liviya milliy kelişuv hukumatiga harbiy yordam jönatiş töğrisidagi hujjat parlamentga duşanba kuni taqdim etildi. Parlamentdagi 325 deputat uni qöllab ovoz bergan bölsa, 184 deputat qarşi çiqdi.  

Turkiya va Liviya Liviya milliy kelişuv hukumati örtasida harbiy hamkorlik töğrisidagi bitim noyabr oyida uşbu hukumat rahbari Foiz Sarojning Anqaraga taşrifi davomida imzolangandi.

2011 yilda Liviya rahbari Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ağdarilib, öldirilganidan keyin mamlakatda bir-biriga qarşi uruşadigan qöşhukmronlik vujudga kelgan: Ğarbda poytaxt Tripoli atrofida şakllangan, BMT tomonidan tan olingan Saroj boşçiligidagi hukumat, şarqda Bengazini markaz qilgan, amalda marşal Xalifa Hafta tomonidan boşqariladigan parlament hukumati.

Xalifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi 2019 yilning aprel oyida Tripoliga yuriş boşlagandi, ammo hali natijaga erişa olmagan.

Taşqaridagi kuzatuvçilar tasdiqlaşiça, Tripolidagi hukumatni Turkiyadan taşqari, Qatar, Italiya va AQŞ, Xalifa Haftarni esa Misr, Birlaşgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Fransiya va Rossiya qöllab-quvvatlaydi.

Erdöğan Liviya hukumati bilan dengiz hududidan foydalaniş böyiça ham kelişuv tuzgan.
Bu neft va gaz havzalarida işlaş uçun muhim / AFP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bir neça marta Liviya şarqida rossiyalik yollanma harbiylar («Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari) joylaşganiga jahon hamjamiyati e'tiborini qaratgandi.

Rasmiy Moskva esa marşal Haftarni qöllab-quvvatlaşini tan olmay keladi. Rasman Rossiya BMT tomonidan tan olingan hukumatni qöllab-quvvatlaşini bildirsada, amalda Haftar Moskvaga safarlar qiladi.

Qayd etiş kerakki, Turkiya hukumatining Tripoliga yordam beriş qarori turk harbiylari Liviyaga rossiyaliklar bilan yuzma-yuz jang qilişi uçun jönatilayotganini anglatmaydi.

Xalqaro kuzatuvçilarning fikriça, Anqara rossiyalik harbiylar yoki yollanma jangçilar bilan töğridan-töğri töqnaşuvlardan imkon qadar qoçişga harakat qiladi. Agar rossiyaliklar u yerda çindan bölsa, Turkiya Suriyada bölgani kabi ular bilan töqnaşuvdan saqlanadi.