Apple kompaniyasi aksiyalari yangi narx rekordi örnatib, bir donasi narxi 300 dollardan oşdi. Kompaniya aksiyalari bir kun içida 2,3 foizga qimmatlaşgan, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.    

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, kompaniya aksiyalariga AirPods quloqçinining yangi modeli, Apple TV+ striming xizmatining işga tuşirilişi hamda 2019 yil 3-çorakdagi moliyaviy natijalar ijobiy ta'sir körsatgan. 

Ayni vaqtda Apple’ning bozor narxi 1,33 trln dollarga baholanmoqda va u dunyodagi eng qimmat kompaniya bölib qolmoqda. 2-örinni kapitallaşuvi 1,23 trln dollarga baholanayotgan Microsoft egallamoqda.

Yangi simsiz AirPods Pro quloqçinlari 2019 yil 28 oktyabrda taqdim etilgan. Uning öziga xos jihati şovqinni faol bostiriş funksiyasi hisoblanadi. Qurilmada “şaffof rejim”ning faollaştirilişi taşqi tovuşlar, misol uçun, yaqinlaşayotgan avtomobil ovozi yoki jamoat transportida bekat nomining e'lon qilinişi kabilarni eşitişga imkon beradi.   

Apple TV+ videoservisi 2019 yil 1 noyabrda işga tuşirilgan. U 100 dan köproq davlatda işlaydi.