Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 31 dekabr kuni Özbekiston fuqarosi N.X. konsullik bölimiga murojaat qilib, jiyani R.X.ning baxsiz voqea oqibatida fojiali halok bölganini xabar bergan.
TIV ma'lumotida aytilişiça, ötgan yilning oktabr oyidan boşlab R.X. Germaniyadagi PRAXX jamiyatining malaka oşiriş dasturi doirasida Kil şahri yaqinidagi fermer xöjaliklaridan birida şartnoma asosida amaliyot ötayotgan edi. 27 dekabr kuni u balandlikdan qulab tuşib, vafot etgan. Mahalliy politsiya tekşiruv ötkazdi va baxsiz hodisa yuz berganini tasdiqlagan.
Elçixonaning konsullik bölimi qarindoşlar va Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda Özbekiston fuqarosining jasadini vatanga jönatişga oid konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan va Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Şlezvig-Holştayn, Turingiya), Şvetsiya, Şveytsariya va Çexiya hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Berlin şahridagi elçixonasiga +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan.












