2020 yil 2 yanvar kuni soat 12:45larda maşinist, 49 yoşli M.A. boşqaruvidagi 0113-sonli yölovçi poyezdini Samarqand viloyati Past Darğom tumani hududida, Buxoro Mintaqaviy temir yöl uzeliga qaraşli “Maroqand-Gumbaz” bekatlari oraliğidagi 3745-km. 7-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yölni belgilanmagan joyidan kesib ötmoqçi bölgan piyoda, 40 yoşli X.Yu.ni urib yuborgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytilişiça, röy bergan voqea natijasida piyoda X.Yu. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari örganilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yöl yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yölni kesib ötayotganingizda belgilangan yöl harakati qoidalariga rioya qilişingizni söraymiz”, - deyiladi Tergov departamenti ma'lumotida.












