Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 5 yanvarda Liviyaga turk harbiylari jönatilişi boşlanganini e'lon qildi.
“Bizning harbiylar vazifasiga muvofiqlaşgan harakatlar kiradi. Turkiyalik harbiylar Liviyaning qonuniy hukumati xavfsizligini ta'minlaş uçun sekin-asta jönatilişi boşlandi”, deb aytgan Erdöğan CNN Turk telekanali efirida.
Erdöğan, şuningdek, hozirda Liviyada Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasidan 2,5 ming va Sudandan 6 ming jangçi borligini ta'kidlab ötgan. “Qonuniy hukumat bu haqida bizdan söraganda, nima uçun u yerga bormasligimiz kerak?”, deb savol bilan yuzlangan Turkiya prezidenti.
Ötgan hafta Anqara Liviyaga harbiylar jönatilişini közda tutuvçi qonun loyihasini tasdiqlagandi.
Ayni vaqtda Liviyada parallel ravişda ikkita ijro hokimiyati organi faoliyat olib bormoqda: Fayoz Sarojning BMT tomonidan tan olingan Tripolidagi Milliy kelişuv hukumati va mamlakat şarqidagi Benğozi şahridagi parlament bilan birgalikda amalda bölgan va feldmarşal Halifa Haftarning Liviya milliy armiyasi tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi Abdulla Abdurahmon as-Soniyning muvaqqat mahkamasi.
12 dekabrda Haftar Tripoliga hal qiluvçi yuriş boşlanişini e'lon qilgandi.














