Eron AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy obektlariga zarba berişga tayyorgarlik körmoqda. General-mayor Husayn Dehqon CNN muxbiriga bergan intervyusida general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun javob «harbiy yöl bilan bölişi»ni aytib ötgan.

Foto: Vadim Savitsky / AP

«Uruşni Amerika boşladi. Şuning uçun ular javobga tayyor turişlari kerak. Uruşning bu bosqiçiga yakun yasaşi mumkin bölgan narsa - ular bergan zarbaga teng darajada zarba berilişidir.

Javob şaksiz harbiy böladi va bu javob harbiy obektlarga qaratiladi», degan u.

U aynan qaysi obektlarga hujum qilinişiga aniqlik kiritmagan, lekin javob hujumlari Yaqin Şarqdagi Tehron ta'siridagi turli guruhlar orqali emas, Eron qurolli kuçlari tomonidan yöllanişini ma'lum qilgan. 

Şu bilan birgalikda, u Eron javob berişga şoşilmasligi, hujum nişonlari obdon öylab tanlanişini ma'lum qilgan.

Qayd etiş kerakki, AQŞning bu mintaqadagi harbiy kontingenti juda katta. Xususan, Saudiya Arabistonida «minglab amerikalik askarlar» bor, Iroq hududida bir neça baza joylaştirilgan va ularda 5 mingga yaqin harbiy mavjud. Bundan taşqari, AQŞ Qatarda yirik Al-Udeyd aviabazasiga ega, bu yerda Iordaniya, Kuvayt va BAA harbiylari ham joylaşgan.

Biroz avvalroq, Iroq parlamenti mamlakatdan xorijlik harbiylar olib çiqilişini yoqlab ovoz bergandi. Iroq hududida amerikalik harbiylardan taşqari, Buyuk Britaniya harbiylari ham bor, The Times naşri ma'lumotiga köra, britan harbiylarini qutqariş amaliyoti tayyorgarlik köriş haqida körsatma bölgan. The Sun naşrining yozişiça, hududdagi vaziyat keskinlaşsa, rasmiy London ittifoqçisi AQŞni qöllab-quvvatlaş uçun «Tomagavk» qanotli raketalari bilan qurollangan atom suvosti kemasini harakatga keltirişga tayyor.

  • 3 yanvar kuni Bağdoddagi aeroportda amerikalik harbiylarning aviazarbasi oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniy öldirildi. Eron taşqi siyosatidagi boş strategni yöq qiliş buyruği şaxsan AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan berilgan. Rasmiy Tehron bir neça marta Vaşingtondan uşbu generalning ölimi uçun qasos olinişini ma'lum qilgan, öz navbatida Tramp ham agar Eron tomonidan amerikaliklarga hujum qilinsa, AQŞ harbiylari Eron hududidagi 52ta obe'ktni nişonga olişi bilan tahdid qilgan.