«Boş prokuratura tomonidan jinoiy uyuşma tarkibida tovlamaçilik, budjet mablağlarini talon-toroj qiliş va çet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallaştiriş kabi jinoyatlarni sodir etgan G.Karimova va boşqalarga nisbatan bölgan jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi», deyiladi boş prokuratura matbuot xizmati xabarida. 

Hozirda jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun ayblov xulosa bilan sudga yuborilgan.

Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangandi.

U Özbekiston Boş prokuraturasi tomonidan trillionlab söm daromadni soliqdan yaşirganlik, özgalarning trillionlab sömlik mulkini tovlamaçilik bilan tortib oliş va qariyb 2 milliard AQŞ dollarini xorijda berkitiş kabi jinoyatlarda ayblangan.

Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valutani yaşiriş, bojxona qonunçiligini buzilişi böyiça yana bir jinoiy iş qözğatilgandi.

2017 yilning 18 dekabrida 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Gulnora Karimovaga jazo 2018 yilning 1 iyulida 5 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirilgan.

Lekin uy qamoğida ötirgan Gulnora Karimova Özbekistonga yetkazilgan zararni qoplaşga faol qarşilik qilgani, şuningdek çeklovlarni buzgani uçun 2019 yilda Zangiotadagi qamoqxonaga qaytarilgan.

Gulnora Karimova endi unga nisbatan tayinlangan jazoning ötalmay qolgan muddatini umumiy tartibli koloniyada ötamoqda.

2019 yilning dekabr oyida boş prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan navbatdagi jinoyat işi böyiça ma'lumot bergan, unga köra u ölpon yiğiş va qörqitib, mulklarni tortib olişda ayblanayotgani aytilgandi.