Bugun Turkmaniston hududidan nisbatan nam va iliq havo oqimlari kirişi ta'sirida kunning ikkinçi yarmida Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida keçga borib kuçsiz yomğir yoğişi mumkin.
«Özgidromet»ning yozişiça, şamolning tezligi kuçayib, sekundiga 15-20 metrga yetişi mumkin. Kunduzgi harorat 14-19 daraja iliq atrofida böladi.
Keyinçalik respublikadagi ob-havoni Kavkazdan Kaspiy dengizi orqali respublika tomonga siljigan balandlikdagi antitsiklon belgilaydi.
Respublika hududida 10 dekabrda yomğir yoğib ötadi, şimolda yoqqan yomğir qorga aylanişi mumkin. Mamlakat hududining katta qismida harorat foni nisbatan iliq bölib, keçasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliqni taşkil qiladi, şimolda haroratning keçasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça, kunduzi 3-8 daraja iliqqaça pasayişi kuzatiladi.
11 dekabrda Kavkaz hududidan sovuq havo kirişi bilan ayrim joylarda yoğingarçilik kuçayadi. 12-14 dekabrda ob-havoning beqarorligi saqlanadi, ayrim joylarda kuçsiz yoğingarçilik, faqat mamlakatning şimoli-ğarbiy tumanlarida ob-havo yoğingarçiliksiz böladi.
Sovuq antitsiklon ta'sirida şu kunlarda havo harorati asta pasayib, keçasi 0-3 daraja, kunduzi 8-11 darajaga iliqqaça tuşadi. Bu körsatkiçlar örtaça köp yillik qiymatlarga yaqindir.
Ötgan dam oliş kunlari mamlakat aholisi tuman hodisasini kuzatdi. Mintaqada tuman hosil bölişiga ötgan yoğinlar bilan namlangan iliq tuproqqa sovuq havoning asta sekin oqib kelişi asosiy sabab böladi. Tumanlar asosan yilning sovuq davrida noyabrdan aprelgaça kuzatiladi, ular köproq dekabr-yanvar oylarida takrorlanadi.
Asosan keçki, tungi va ertalabki soatlarda kuzatiladigan tuman quyoş çiqişi va harorat bir oz kötarilişi bilan tarqalib ketadi.
Tumanlarning davomiyligi har xil. Asosan 3 soatgaça davom etadigan tumanlar kuzatiladi. 12 soatdan ortiq davom etib, meteorologik körinuvçanlik 50 m va undan kam böladigan holatlar xavfli ob-havo hodisalariga kiradi. Bunday holatlar aviatsiya va yer usti yöl transporti uçun xavf tuğdiradi.
Ötgan kunlarda aynan şunday şaroitlar kuzatildi. Dekabrning birinçi beş kunligida qişga xos bölmagan quyoşli ob-havo kuzatildi, harorat 10-12 daraja iliqni taşkil qilib, tuproqning isişiga keldi. 6 dekabrda esa Kaspiy dengizi tomondan kelgan antitsiklon natijasida havo aynab, yoğingarçilik böldi. Harorat foni me'yorlargaça tuşdi.












