Sport böyiça xorijning nufuzli naşrlaridan biri Özbekistonni «Yilning eng yaxşi boks mamlakati» deya e'tirof etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Angliyaning thefight-site.com sport sayti öz maqolasida havaskor boksda dunyoning eng yaxşi sportçilari va boşqa nominatsiyalar böyiça kuçlilar nomini e'lon qildi.

E'tiborlisi, boks böyiça turli yönalişlarning ğoliblari sifatida özbekistonlik boksçilar e'tirofga sazovor bölişdi.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirişiça, «Yil boksçisi», deya Osiyo va jahon çempioni Mirazizbek Mirzaxalilov e'tirof etilgan bölsa, undan keyingi örinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida «Qiziqarli janglar olib boruvçi» sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. «Yil nokauti» sifatida esa Bahodir Jalolovning Riçard Torres ustidan qozongan ğalabasi körsatilgan.

Maqola söngida Özbekiston – «Yilning eng yaxşi boks mamlakati» deya e'tirof bilan yakunlangan» - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2019 yil Rossiyada ötgan boks böyiça jahon çempionatida Özbekiston milliy jamoasi jami 5ta medal – 3ta oltin, bittadan kumuş va bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 1-örinni qölga kiritgandi.