Kun.uz’ning turli davlat idoralari vakillari bilan suhbatlari davom etadi. Navbatdagi suhbatdoşimiz Özbekiston Oliy Majlis Senati a'zosi Abduqodir Toşqulov böldi.

Senator bilan suhbatimiz Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraş masalalari, korrupsiyaga qarşi kuraşiş  böyiça respublika idoralararo komissiya faoliyati, jamiyat hayotida deputat va senatorlarning örni, şuningdek, ta'lim muammolariga bağişlandi.

Özbek jamiyatidagi korrupsiya illatini ikki-uç yilda birdaniga tozalab taşlaşning iloji yöq

Bir muddat avval Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi faoliyat boşlagan edi. Ammo bugunga kelib, bu komissiya qanday faoliyat yuritayotgani, nima iş qilayotgani böyiça harakatlarni deyarli sezmayapmiz.

Senatordan uşbu komissiya hozirda aynan qanday faoliyat bilan şuğullanayotgani böyiça fikrlarini söradik.

 Abduqodir Toşqulov öz javobini quyidagiça ifodaladi.

Abduqodir Toşqulov

— Odatda parlament va hukumat vakillarining xalq oldida kam köriniş berişi tanqid qilinardi.

Şavkat Mirziyoyev prezidentlik vazifasiga kirişişi bilan davlat, jamiyat va dunyo hamjamiyatiga yangi siyosiy modelni tavsiya qildi. Uşbu yangi model ijrosi böyiça barça tuzilma va idoralar öz faoliyatlarini qayta körib çiqişlari kerak edi. Şu boisdan oxirgi yillarda korrupsiyaga qarşi keskin kuraş çoralari körilmoqda. Jumladan, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Şuningdek, quriliş va Oliy ta'lim sohasi korrupsiyadan xoli sohalar, deb e'lon qilindi.

Endi, siz aytgan idoralararo komissiya faoliyati haqida.

Bu idoralar faoliyati sust işlayapti, deyolmayman. Bizning jamiyatda korrupsiya yillar davomida yiğilib kelgan şunday illatki, uni ikki-uç yilda birdaniga tozalab taşlaş ilojsiz.