Jahon | 11:20 / 07.01.2020
15175
1 daqiqa o‘qiladi

IKEA javon sababli halok bo‘lgan bolaning oilasiga 46 mln dollar to‘lab beradi

Foto: Getty Images

IKEA kompaniyasi ustiga komod tushishi oqibatida halok bo‘lgan bolaning ota-onasiga 46 mln dollar to‘lab berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda bolaning oilasi advokatlariga tayanib The New York Times nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, baxsiz voqea 2017 yilda yuz bergan. 2 yoshli Jozef Dudek ustiga IKEA ishlab chiqargan 32 kilogrammli javon tushib ketgan. Buning oqibatida bola olingan jarohatlardan vafot etgan. 2018 yilda bolaning ota-onasi kompaniya ustidan sudga shikoyat qilgan.  

Da'vo arizasining mazmuni shundan iborat bo‘lganki, IKEA kompaniyasi Malm deb nomlangan komodlari ishlatilishi vaqtida tushib ketishi mumkinligini bilgan, biroq xaridorlarni ularni devorga qotirish zarurligidan ogohlantirmagan. Ushbu turdagi komod 2016 yilda AQShda sotuvdan olingan. 

Bola ota-onasining ta'kidlashicha, ular mebel ishlab chiqarish sohasidagi nazorat qat'iylashtirilishini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarga 1 mln dollar xayriya qilmoqchi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid