Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanişlar markazi binosi quriladi.
Muhokama uçun e'lon qilingan prezident qarori loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining RIKIATM Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanişlar markazi binosini quriş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Mazkur obekt qurilişi va jihozlanişi böyiça quyidagilar:
Soğliqni saqlaş vazirligining “Tibbiyot quriliş injiniring kompaniya” DUK – buyurtmaçi;
“Taşgiprogor” AJ – loyihaçi;
“Özpromholodmontaj” MÇJ – boş pudratçi etib tayinlanadi.
2022 yil 1 yanvarga qadar, mazkur obekt qurilişi bilan boğliq buyurtmaçi, pudrat taşkilotlari tomonidan belgilangan tartibda şakllantirilgan röyxat asosida import qilib olib kiriladigan quriliş materiallari, tibbiy texnika va jihozlar, şuningdek Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan butlovçi qismlar, istisno tariqasida qöşilgan qiymat soliği va bojxona tölovlari (bojxona yiğimlari bundan mustasno)dan ozod etiladi.
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi mazkur obekt qurilişi bilan boğliq buyurtmaçi, boş pudratçi va pudrat taşkilotlari tomonidan belgilangan tartibda şakllantirilgan röyxat asosida import qilib olib kiriladigan quriliş materiallari, tibbiy texnika, jihozlar va butlovçi qismlar maqsadli işlatilişi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Belgilanişiça, qaror ijrosi bilan boğliq buyurtmaçi, boş pudratçi va pudrat taşkilotlari tomonidan belgilangan tartibda şakllantirilgan röyxat asosida import qilib olib kiriladigan quriliş materiallari, tibbiy texnika, jihozlar va butlovçi qismlar maqsadli işlatilmagan hollarda, mazkur qaror bilan taqdim etilgan bojxona tölovlari va soliqlar böyiça imtiyozlar qonunga muvofiq Özbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy sanksiyalarni qöllagan holda qaytarib olinadi.
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi pudrat taşkilotlar tomonidan olib boriladigan quriliş-montaj işlari loyiha hujjatlariga muvofiq olib borilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
















