Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Paralimpiya öyinlari uçun ham sportçilarning yakuniy Olimpiada reytingini e'lon qildi. E'tiborlisi, Paralimpiya öyinlariga yöllanma olgan para-atletlar orasida Özbekiston terma jamoasi vakili Guljanoy Naimova ham keltirib ötildi.

Hamyurtimiz reytingni 58 kilogrammgaça vazn toifasida Tokio-2020 Paralimpiya öyinlariga töğridan töğri yöllanma beruvçi poğonada yakunladi. Şu tariqa Guljanoy para-taekvondo böyiça Paralimpiya öyinlariga yöllanma olgan ilk sportçimizga aylandi.

Bu delegatsiyamizning Tokio-2020 Paralimpiadasi uçun qölga kiritilgan ön oltinçi yöllanmasi böldi. 

Ma'lumot uçun, Tokio Paralimpiadasiga Osiyo qit'asi uçun yöllanma beruvçi yakuniy turnir 10-12 aprel kunlari Xitoyning Usi şahrida ötkaziladi.

Avvalroq yana bir taekvondoçimiz Nikita Rafaloviç Tokio Olimpiadasiga litsenziyani qölga kiritgandi.