Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi (Rossiya) boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 30 dekabr kuni Komi Respublikasi Yemva şahrida Özbekiston fuqarosi K.A. iş joyida baxsiz hodisa oqibatida vafot etdi. 

Şuningdek, 5 yanvar kuni Sankt-Peterburg şahri Kurortniy tumanida yöl-transport hodisasi natijasida haydovçi, Özbekiston fuqarosi M.A. vafot etdi.

TIV xabariga köra, ayni paytda ikkala hodisaning tafsilotlarini aniqlaş uçun tergov tadbirlari ötkazilmoqda.

Boş konsulxona tegişli masalalarni hal qiliş uçun mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bölib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatib ötişiça, Rossiyaning Şimoli-ğarbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg şahri, Vologda oblasti) hududida joylaşgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg şahridagi boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-965-029-41-49.