UzAuto Motors 2019 yil oxirida taqdimotini ötkazgan tört rusumdagi avtomobilning barçasi xorijdan import qilinadi.

Jumladan, Tahoe va Traverse AQŞdan, Trailblazer Tailanddan, Equinox esa Xitoydan keltiriladi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bu haqda 6 yanvar kuni «Özavtosanoat» rasmiylari bilan bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

«Bu – premium segment hisoblanadi. Bu segmentdagi avtomobillarning komplektatsiyasi juda boy. Bu avtomobillarni işlab çiqariş, dunyo böyiça, agar noldan boşlab çiqaradigan bölsak, bitta modeli uçun 1 milliarddan 2 milliard dollargaça ketadi.

Biz bu avtomobillarni olib kirişimizdan maqsad nima? Bilasiz, 40 ming dollardan qimmat bölgan avtomobillarga bojlar tuşirilgandan söng, taşqi bozordan aynan şu segmentdagi avtomobillar kirib kelişni boşladi. Şu segmentdagi BMW avtomobillarining kirib kelişi 2019 yilda bir yil oldingiga nisbatan 400 baravar, Toyoto 200 baravarga oşgan. Şuni örganib çiqqanimizdan söng, biz şu Toyota va dunyodagi boşqa korxonalar bilan raqobat qiliş strategiyasini işlab çiqdik. Birinçi bosqiçda biz tayyor holda avtomobillarni bozordagi talabni örganiş uçun olib kiryapmiz.

Strategiyamizga asosan, agar şu avtomobillarimiz bilan bozorda örnimizni topa olsak, sotuvlar kölami işlab çiqariş darajasiga yetganidan keyin, biz investitsiyalarni jalb qilgan holda bu avtomobillarni albatta işlab çiqaramiz», – dedi «Özavtosanoat» AJ Savdoni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Şuhrat Mirsamukov.

Şuhrat Mirsamukov, «Özavtosanoat» AJ Savdoni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği

Eslatib ötamiz, 2019 yil davomida 40 ming dollardan yuqori «inomarka»larni Özbekistonga bojsiz olib kiriş tartibi amal qildi, ammo 2020 yildan boşlab avvalgidek çetdan keltirilayotgan avtomobillarga dvigatel hajmiga qarab boj solinmoqda.