Eronning Kirmon şahrida general Qosim Sulaymoniyning dafn marosimi u bilan vidolaşiş istagidagilarning haddan taşqari köpligi bois boşqa sanaga qoldirildi.
ISNA agentligi ma'lumotiga köra, marosim vaqtida yuzaga kelgan talotöp tufayli halok bölganlar soni 50 kişiga yetgan, 200dan ortiq kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan. Ularning ayrimlari oğir ahvolda.
Avvalroq dafn marosimi vaqtidagi tiqilinçlar tufayli 35 kişi halok bölgani xabar qilingandi.
«Ayni vaqtga kelib marosim vaqtidagi tartibsizliklar tufayli halok bölganlar soni 50 nafarga yetdi, yana 213 nafar vatandoşimiz jarohatlandi», degan şahar tez tibbiy yordam markazi boşliği.
Dafn marosimi taşkilotçilaridan biri bölgan Mahdi Sadafi odamlarning ulkan oqimi tufayli marosimni davom ettirişning imkoni bölmagan.
Dafn marosimi qaysi kuni ötkazilişi keyinroq OAV orqali ma'lum qilinadi.
Chislo jyertv davki, proizoshedshey v xode proshchaniya s generalom Kasemom Suleymani v Irane, dostiglo 40 chelovek, soobshchayut iranskiye SMI so ssylkoy na medikov. Vlasti ne mogu obespechit bezopasnost sobravshixsya i poxorony, kak pishut, budut pereneseny na drugoy den. pic.twitter.com/NGhBW6Nu4S
— Roustem Adagamov (@adagamov) January 7, 2020
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni bölgan general Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Iroqning Bağdod şahrida amerikalik harbiylar bergan aviazarba natijasida halok bölgandi. Ötgan kunlar mobaynida uning jasadi Ahvaz, Qum va Tehron şaharlari böylab aylantirildi va bugun Eron janubi-şarqida joylaşgan Kirmon şahriga keltirildi. Marosimga mamlakatning turli nuqtalaridan ham odamlar kelişdi va unda yuz minglab kişilar iştirok etdi.










