Bugun marhum generalning ona şahri Kirmonda uni dafn etiş marosimi ötkazilmoqda, marosimga ön minglab kişilar taşrif buyurgan.
«Afsuski, Kirmondagi dafn marosimi iştirokçilari tiqilinç hosil qilişi oqibatida odamlar halok bölişdi, jabrlanganlar tibbiy markazlarga olib borildi», - degan şahar tez tibbiy yordam xizmati rahbari.
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni bölgan general Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Iroqning Bağdod şahrida amerikalik harbiylar bergan aviazarba natijasida halok bölgandi. Ötgan kunlar mobaynida uning jasadi Ahvaz, Qum va Tehron şaharlari böylab aylantirildi va bugun Eron janubi-şarqida joylaşgan Kirmon şahriga keltirildi.
Seşanba kuni Eronning köplab şaharlarida marhum generalni xotirlaş marosimlari ötkazilmoqda, şu bilan bir vaqtda AQŞga qarşi namoyişlar bölib ötmoqda. Sulaymoniyning portretlarini kötarib köçaga çiqqan namoyişçilar «Amerikaga ölim» va «Isroilga ölim» şiorlarini hayqirişmoqda.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni general-mayor Husayn Salomiy Kirmondagi dafn marosimi çoğida Sulaymoniyning ölimiga javob sifatida «Qöşma ştatlarni sevgan barçaga öt qöyiş» bilan tahdid qildi.
Chislo jyertv davki, proizoshedshey v xode proshchaniya s generalom Kasemom Suleymani v Irane, dostiglo 40 chelovek, soobshchayut iranskiye SMI so ssylkoy na medikov. Vlasti ne mogu obespechit bezopasnost sobravshixsya i poxorony, kak pishut, budut pereneseny na drugoy den. pic.twitter.com/NGhBW6Nu4S
— Roustem Adagamov (@adagamov) January 7, 2020
Seşanba kuni Eron parlamenti bir ovozdan Amerika armiyasi va Pentagonni terrorçi taşkilotlarga tenglaştiruvçi qonun loyihasini qabul qildi










