Londonda joylaşgan Henley & Partners kompaniyasi jahon mamlakatlari pasportlarining 2020 yilgi reytingini e'lon qildi.

Reytingda 57ta davlatga vizasiz kiriş huquqini beradigan Özbekiston pasporti 85-örinda qayd etilgan.

Sönggi beş yildan buyon Özbekiston pasportining örnida (82-85) jiddiy özgariş kuzatilmagan. Hujjat 2006 yildan keyingi davrda faqat bir marta 85-örindan pastga tuşgan, 2015 yili 87-örinni egallagan.

Yangi röyxatda ham (qatorasiga uçinçi yil) Yaponiya pasporti yetakçilik qilmoqda — yaponiyaliklar 191ta davlatga viza rasmiylaştirmay borişlari mumkin. Yuqori uçlikda Singapur (190 davlat), Germaniya va Janubiy Koreya (189 tadan) ham bor.

4-8-poğona guruhlaridagi 17ta davlatdan 16tasi – Yevropa mamlakatlari, bittasi – AQŞ. Amerikaliklar 184ta davlatga vizasiz bora olişadi.

Sönggi örindan Afğoniston pasporti joy olgan (26). Undan oldin Iroq (28) va Suriya (29) pasportlari qayd etilgan.

Reytingni tuzişda fuqarolarning erkin harakatlanişi, vizasiz va soddalaştirilgan viza rejimi kabi omillar ham hisobga olingan.