Liviya poytaxti Tripoliga turkiyalik harbiylarning birinçi guruhi Fayoz Sarrojning Milliy kelişuv hukumati tuzilmalarini qöllab-quvvatlaş uçun yetib keldi. AfrigateNews naşrining xabar berişiça, bu haqda 7 yanvarda Tripolidagi hukumat tomonidan ötkazilayotgan “Ğazab vulqoni” kampaniyasi kuçlari qömondoni Nosir Ammar ma'lum qildi.
“Turk harbiylarining birinçi guruhi poytaxtimizga yetib kelgandan keyin bizning kuçlar Liviya armiyasiga katta talofat yetkaza oladi”, deb aytgan Ammar. Biroq u turk harbiylari Tripoliga qaçon yetib kelganiga aniqlik kiritmagan. Ammarning ta'kidlaşiça, endi Milliy kelişuv hukumati tuzilmalari Liviya milliy armiyasi samolyotlarini urib tuşira oladi, jangovar samolyotlari esa “ortda qöllab-quvvatlovni his qilgan holda” bemalol uçib, duşman pozitsiyalariga zarba bera oladi.
Uning ma'lum qilişiça, avvalroq Milliy kelişuv hukumati kuçlari jangovar aviatsiyasi Al-Vatiya aerodromiga zarbalar berib, uning infratuzilmasiga jiddiy putur yetkazgan va marşal Halifa Haftarning boşqa bazalarini bombardimon qilmoqçi. “Bugungi kundan boşlab heç qanday iltifotlar bölmaydi”, deb ta'kidlab ötgan Ammar.
5 yanvarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Liviyaga turk harbiylari jönatilişi boşlanganini e'lon qilgan. Erdöğanning ta'kidlaşiça, turk harbiylari vazifalariga “Liviyaning qonuniy hukumati xavfsizligini ta'minlaş” va “muvofiqlaşgan harakatlar” kiradi hamda ular jangovar harakatlarda bevosita iştirok etmaydilar.














