Eronlik general Qosim Sulaymoniy öldirilgani uçun AQŞdan qasos olindi, Tehron AQŞ tomonidan boşqa tajovuz bölmasa, yangi harbiy harakatlarni amalga oşirmaydi. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravonçiy ma'lum qildi.   

«Barça harakatlarimiz Qosim Sulaymoniyning öldirilişiga mutanosib böldi. Ular yakunlandi», deb aytgan Eron vakili. U AQŞ prezidenti Donald Tramp Iroqdagi harbiy bazalar raketa zarbalariga uçragandan keyin bergan bayonotiga şunday izoh bergan.  

Diplomat Eron BMTning mudofaa huquqi haqidagi 51-moddasiga asosan harakat qilganini ta'kidlagan.   

«Agar AQŞ Eronga nisbatan harbiy harakatlar amalga oşirmasa, biz ham şunday yöl tutamiz», deb ta'kidlab ötgan Taxt-Ravonçiy.

8 yanvarga ötar keçasi Sulaymoniyning ölimiga javob sifatida Eron harbiylari amerikaliklarning Iroqdagi bazalariga raketa zarbalari yölladi. Erondagi davlat telekanallari bu hujum oqibatida 80 nafar amerikalik öldirilgani haqida xabar tarqatdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp bu hujumdan 16 soat ötib bergan bayonotida eronliklarning hujumi oqibatida «biror amerikalik jabrlanmagani», «faqatgina harbiy bazalardagi obektlar minimal darajada şikastlangani» haqida gapirdi. Tramp «Eron, aftidan, çekinişga qaror qilgani» haqida qöşimça qilib, bu davlatga «qöşimça iqtisodiy sanksiyalar qöllanişi» haqida aytib ötdi.

Bugun Eron BMTga ziddiyatni keskinlaştirişni istamasligi haqida ma'lum qildi.

Islom respublikasi murojaatida Iroqdagi bazalarga berilgan zarbalarga izoh berilgan va Eron «mintaqada eskalatsiya yuzaga kelişini istamasligi» bildirilgan. 

«Amaliyot harbiy obektlarga aniq yönaltirildi va tinç fuqarolar halok bölişiga yöl qöyilmadi», deyiladi nomada.

AQŞ ham BMTga noma yöllagan va unda mamlakat Eron bilan «jiddiy muzokaralar boşlaşga tayyorligi» bildirilgan.

AQŞning BMT qoşidagi maxsus vakili Kelli Kraft AQŞ «mintaqadagi tinçlik va xavfsizlikka tahdidlarning oldini oliş uçun oldindan şartlar qöymasdan Eron bilan jiddiy muzokaralar boşlaşga tayyorligi» haqida ma'lum qilgan.