Osiyo çempionati-U23 C guruhidan örin olgan Özbekiston hamda Eron jamoalari örtasidagi öyindan söng har ikki jamoaning boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda qatnaşgan Özbekiston murabbiyi Lyubinko Druloviç jamoasi bir okço qölga kiritganini aytdi.

«Yaxşi jamoaga qarşi yaxşi öyin ötkazdik. Eron jismoniy jihatdan yaxşi tayyorgarlikka ega. Bugun bir oçko qölga kiritdik desak böladi. Hojiakbar va Sanjar butun mavsumni yaxşi ötkazişgandi, ammo bugun ular kutilgan öyinni körsata olişmadi. Ammo ular hali özini körsatadi.

Eron dastlabki 15 daqiqada ustunlikka ega böldi. Keyin biz vaziyatni qölga olib gol urdik. Juda qöpol xato sabab gol ötkazib yubordik. Gol bölgan vaziyatda himoyaçilar ikki marta töpni tepib yubora olişmadi. Öyin oxirida biz köp imkoniyatga ega böldik.

Osiyo çempionatida ğalaba qozonişdan uni himoya qiliş qiyinroq. Bizning asosiy maqsadimiz şu. Oston nega olib kelinmadi? Maydon markazida bizda yaxşi futbolçilar köp. Sanjar va Şarof masalan milliy jamoada ham öynagan. Men faqat öz qöl ostimda yiğilgan futbolçilar haqida gapira olaman. Bugun biz Tailandga olib kelgan 23 futbolçi mamlakatning eng yaxşi futbolçilari»,— deb murabbiyning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.