BAA poytaxti Abu-Dabidagi Masdar City eko-şaharçasida çiqindilardan dunyodagi eng katta mozaika yiğildi. Maydoni 1015 kvadrat metrni taşkil qiluvçi yoki ikkita basketbol maydonidek keladigan mozaika Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

BAAdagi taraqqiyotni aks ettiruvçi mozaikani yiğişga bir oydan köproq vaqt ketgan. Uni yiğişda Abu-Dabida yiğilgan plastik, tunuka idişlar va karton bölaklari – hammasi bölib 90 mingdan köproq detal qöllangan. Loyihada Masdar City aholisi va xodimlari hamda yaqin atrofdagi maktablar öquvçilari iştirok etişgan.  

Loyiha taqdimoti 11 yanvarda boşlanadigan Abu-Dabining barqaror rivojlanişi haftaligi arafasida ötkazilgan. Mozaikadan maqsad jamoatçilik e'tiborini çiqindilar hosil bölişi muammosiga qaratiş va ular hajmini qisqartiriş va qayta işlaş yordamida atrof-muhit muhofazasiga hissa qöşişga çorlaşdan iborat.

Mozaika bir neça oy davomida turadi. Söngra unda qöllangan materiallar qayta işlaşga jönatiladi.