2020 yil 10 yanvar kuni soat 00:28da, Sergeli tumani, Lutfikor 1-tor köçasi 1-uyda joylaşgan, “Sergeli kiçik sanoat zonasi boşqariş direksiyasi” DUK hududida ijarada faoliyat yuritayotgan MÇJga qaraşli binoning 4-qavatida joylaşgan maişiy texnika işlab çiqariş sexi va binoning tom qismi 900 kv.m. maydonida yongan.
Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabariga köra, yonğindan binoning 1000 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 00:33da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 02:20da qurşab olinib, soat 03:40da öçirilgan.
Yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yonğindan insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmadi. Yonğin joyiga 18 ta yonğin öçiriş texnikalari jalb qilingan.
Şu munosabat bilan, Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, şuningdek, fuqarolardan yonğin xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etişni söragan.












