Qurolli Kuçlar Akademiyasida Özbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuçlar oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengaşining milliy armiyamizni yanada rivojlantiriş va isloh qiliş masalalariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, tadbirda Xavfsizlik kengaşi a'zolari, Qurolli Kuçlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, videokonferensaloqa orqali esa hududlar rahbarlari, harbiy okrug va harbiy qismlar qömondonligi, jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi. Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş borasida amalga oşirilgan işlar töğrisida axborot berildi.
Yiğilişda Qurolli Kuçlarni rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan keng kölamli işlar sarhisob qilinib, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlarining milliy armiyani rivojlantiriş va isloh qiliş borasidagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

Prezident 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining boşqa sohalari bilan bir qatorda harbiy quriliş yönalişida keng miqyosli modernizatsiya işlari amalga oşirilgani, bu bilan qisqa davrda aniq natijalarga hamda Qurollik Kuçlar qiyofasi böyiça strategik yondaşuvni şakllantirişga erişilganini ta'kidladi.
Hozirgi axborot makonidagi qarama-qarşilik, odamlar, ayniqsa yoş avlodning ongi va qalbi uçun kuraş kuçaygan şaroitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning örni va ahamiyati tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.
Aholini, avvalo, yoşlarni şunday ruhda tarbiyalaş tizimini takomillaştiriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qiliş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş böyiça qöşimça topşiriqlar berildi.

– Armiya moddiy jihatdan eng zamonaviy va zarur vositalar bilan ta'minlangan bölişi mumkin, lekin axloqiy jihatdan zaifligi, jangovar ruhi, Vatanga sodiqlik va muhabbat, uning taqdiri uçun mas'uliyat hissi yöqligi yoki loqaydlik tuzatib bölmas oqibatlarga olib kelişi mumkin, – deya ta'kidladi davlat rahbari.
Bundan taşqari, Qurolli Kuçlarni isloh qiliş va rivojlantirişning boşqa muhim yönalişlari körib çiqildi.

















