Mobil qurilmalarning IMEI-kodini röyxatdan ötkaziş masalasi jamoatçilik tomonidan keng muhokama qilindi va turli e'tirozlarga sabab böldi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tassarrufidagi «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» DUK uşbu vaziyatga izoh berişga mas'ul taşkilot hisoblanadi. Markaz matbuot xizmati rahbari Zilola Inoyatova mavzu yuzasidan savollarga javob berdi.
– IMEI-kodlarni avtomatik röyxatdan ötkaziş uçun nima sababdan kam vaqt berildi?
– IMEI-kodlarni avtomatik röyxatga oliş uçun juda kam vaqt berilgan, degan fikr mutlaqo notöğri. Ozarboyjon va Turkiyada bunday tizim joriy etilganda, mobil qurilmalarni IMEI-kodlarini avtomatik tarzda röyxatdan ötkaziş davri bölmagan, ya'ni fuqarolarga qurilmalar IMEI-kodlarni bepul va ortiqça xatti-harakatsiz röyxatdan ötkaziş imkoniyati berilmagan.
2018 yil «Özbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziş tizimini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorga muvofiq, mobil aloqa moduliga ega qurilmalarni xalqaro öziga xos identifikatsiya kodlari böyiça röyxatga oliş tizimini töliq işga tuşiriş imkonini beradigan reja jadvali tasdiqlandi. Şunga köra, ötgan yilning 1 aprelidan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini avtomatik tarzda röyxatdan ötkaziş tizimi işga tuşirildi. Qurilmalarning IMEI-kodlarini avtomatik röyxatdan ötkaziş deganda, qurilmalarning SIM-slot/slotlarini faollaştiriş orqali amalga oşiriş mumkinligi nazarda tutilgan edi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi «Özbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan va işlab çiqariladigan mobil qurilmalarni röyxatga oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 778-sonli qaroriga muvofiq, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş tartibi tasdiqlandi. Unga köra, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini avtomatik tarzda röyxatdan ötkaziş 2019 yil 31 oktyabriga qadar bepul amalga oşirilişi belgilanib qöyilgan. 7 oy davomida tizim operatori tamonidan avtomatik tarzda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş amalga oşirilib kelingan.
– IMEI-kodni röyxatdan ötkaziş narxi qanday belgilangan?
– Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qaroriga muvofiq, qurilmalarni IMEI-kodlarini UZIMEI tizimida ruyxatdan ötkaziş uçun undiriladigan pul miqdori tasdiqlangan. Unga köra, har bir IMEI-kod bir marta röyxatdan ötkaziladi va SIM-karta faollaştirilgandan boşlab 30 kun içida 20 foiz BHMdan (44 600 söm) tölov undiriladi. Uşbu muddatdan söng qurilmalar IMEI-kodlarini UZIMEI tizimidan röyxatdan ötkaziş uçun 25 foiz BHMdan (55 750 söm) tölov amalga oşiriş kerak böladi.













