Viloyatdagi ta'lim muassasalarida ayni paytda psixologiya, tarix, huquq, milliy ğoya va ma'naviyat asoslari fanlaridan 112 nafar pedagoglarga ehtiyoj mavjud.

Andijon viloyat xalq ta'limi boşqarmasi ana şu ehtiyojni qoplaş maqsadida universitet rahbariyati bilan hamkorlikda uçraşuv taşkil etdi. Unda iştirok etgan 4-kurs talabalari tuman va şahar xalq ta'limi bölimlarining mudirlari, kadrlar böyiça mutaxassislar hamda umumiy örta ta'lim maktablarining direktorlari bilan bevosita muloqotda böldilar.

– Bugungi kunda ta'lim tizimidagi ijobiy özgarişlar yoşlarning pedagogikaga bölgan qiziqişini oşirişga xizmat qilayotir, – deydi viloyat XTB boşliği F.Buzrukov. –  Universitet talabalari ham öqişni tugatgaç, maktablarda astoydil işlaş istagi borligini bildirdilar. Ularning iştiyoqi, şijoati baland. Bunday talabalar orasidan ertaga mohir pedagoglar yetişib çiqişiga işonamiz. Öylaymizki, ular yetarliça malaka töplab olganlaridan keyin ta'lim sifatini oşirişga salmoqli hissa qöşadilar.

Şu kuni uç tomonlama şartnomaga ega bölgan 81 nafar bitiruvçi talaba joriy öquv yilining 3-çoragidan maktabda işlaşni boşlaydi, 24 nafari esa 2020-2021 öquv yilidan pedagog sifatida işlaşga kirişadi.