Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi va Adliya vazirligi tomonidan tegişli soha idoralari iştirokida Şveytsariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya va boşqa davlatlar vakolatli idoralari bilan hamkorlikda Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan aktivlarni qaytariş masalasida muayyan işlar olib borilmoqda. Boş prokuratura bu haqda rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilişiça, Şveytsariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilingan holda Gulnora Karimovaning Jyeneva şahrida joylaşgan villasida ötkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi san'at aşyolari (kartinalar, amaliy san'at va hunarmandçilik asarlari va hokazolar)ning milliy boylikka taalluqliligini aniqlaş hamda ularning Özbekistonga qaytarilişi böyiça işlar olib borilmoqda.

Avval Gulnora Karimovaning Özbekistondagi yaşaş manzillarida 985 turdagi tarixiy, madaniy va badiiy ahamiyatga ega qimmatliklar deb topilgan hamda umumiy qiymati 12,7 mlrd. sömdan ortiq bölgan san'at asarlari (kartina, sözana, milliy taqinçoqlar, sopol, yoğoçdan işlangan milliy hunarmandçilik asarlari va hokazolar) aniqlangan va xatlangan.

Qayd etilgan kartinalar va san'at asarlari sud hukmiga köra davlat egaligiga ötkazilib, Özbekiston amaliy san'ati va hunarmandçilik tarixi Davlat muzeyi, Farğona viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Andijon viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Çirçiq şahar tarix muzeylariga topşirilgan, deyiladi bayonotda.

Bundan oldin, Toşkentda Gulnora Karimovaga oid jinoyat işi böyiça sud majlisi boşlangani xabar qilingandi.