8 yanvar kuni Kun.uz’da Mirişkor tumanidagi Pomuq qişloği aholisi bir neça oydan beri öğrilardan jabr körayotgani haqda maqola berilgandi.
Maqola e'lon qilingaç köp ötmay, Qaşqadaryo viloyat içki işlar boşqarmasi vakillari tahririyat bilan boğlanib, öğrilar qölga olingani, tez orada töliq ma'lumot berilişini ma'lum qildi.
Bir qişloq ahlini şunça vaqtdan beri qörquvga solib kelgan, köplab odamlarning mol-mulkiga çang solganlar kim?
Viloyat IIBdan olingan xabarga köra, Mirişkor tumani Pomuq qişloği hududida öğirlik jinoyatini sodir etgan bir guruh şaxslar tuman IIB va fuqarolarning hamkorligi natijasida voqea joyida qölga olingan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan va ulardan daliliy aşyolar sifatida 3 boş mol, mol terilari hujjatlaştirib olingan.
Içki işlar idorasi tomonidan berilgan ma'lumotda qölgan olinganlarning şaxsi oçiqlanmagan.


Qişloq aholisining tahririyatga ma'lum qilişiça, qölga olinganlar uç nafar bölib, Pomuqqa yaqin bölgan Ayzabod va Jyeynov qişloqlarida yaşovçi fuqarolar ekani aytilmoqda.
Öğrilar qölga olingan vaqtda ularning raqami yeçib olingan maşinasi içidan öğirlab ketilayotgan eçkilar ham topilgan.

Kun.uz e'lon qilgan maqola yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIBda «Jinoyat haqiqati va adolati» mavzusida brifing ötkazilgan. Viloyat IIB boşliğining örinbosari podpolkovnik X.Atanazarov raisligida ötgan brifingda Mirişkor tumanining Pomuq qişloğida röy bergan hodisalar böyiça batafsil axborot berilgan. Şuningdek, maqoladagi ayrim faktlar haqiqatga mos kelmasligi aytilgan.










