AQŞ Iroqqa Nyu-Yorkdagi Federal zaxira bankida joylaşgan hisobraqamiga kirişdan mahrum qiliş bilan tahdid qilmoqda. Bu hisobraqamda neft sotişdan tuşgan pullar saqlanadi, deb xabar berdi The Wall Street Journal naşri.

Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ davlat departamenti amerikalik harbiylar Iroqdan çiqarilib yuborilsa, Bağdodni uşbu hisobraqamga kirişdan mahrum etişdan ogohlantirgan.

Bu haqidagi tegişli ogohlantirişni Iroq boş vaziri Odil Abdulmahdiy 8 yanvarda olgan.

Ta'kidlanişiça, AQŞning bunday qadami Iroq iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazişi mumkin. Hisobraqamda qança pul saqlanişi ma'lum qilinmagan.

Bu orada AQŞ hukumati va bank vakillari bu axborotga izoh berişmagan.
 
AQŞ prezidenti Donald Trampning aytişiça, AQŞda Iroqning 35 mlrd dollari saqlanadi. 

5 yanvarda Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylar çiqarib yuborilişi uçun ovoz bergan. Bunga javoban Tramp Bağdodga “mislsiz sanksiyalar” bilan tahdid qilgan va AQŞ Iroqda qurgan aviabaza uçun pul tölanmagunça, amerikalik harbiylar u yerni tark etmasligini aytgan.