Hindiston hukumati 13 yanvarni Ummon sultoni Qobus bin Said Al Said vafoti bilan umummilliy motam kuni deb e'lon qildi. Bu haqda Hindiston taşqi işlar vazirligi ma'lum qilgan.

11 yanvarda Ummonni 1970 yildan beri boşqarib kelgan sulton 79 yoşida uzoq davom etgan kasallikdan vafot etgani ma'lum bölgan.  

“Oliy hazratlari Qobus bin Said Al Said 10.01.2020 da vafot etdi. Oliy martabali şaxs bölgan marhumga hurmat izhori sifatida Hindiston hukumati uning xotirasiga 13.01.20da butun Hindiston böylab bir kunlik motam e'lon qilinişiga qaror qildi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Uşbu kun Hindiston bayroqlari tuşirib qöyiladi hamda rasmiy köngiloçar tadbirlar ötkazilmaydi.