Tailandda 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionati davom etmoqda. Hozirgina Songhlada Eron va Janubiy Koreya jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Unda Janubiy Koreya 2:1 hisobida ğalaba qozonib muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi.

Öyinni eronlik futbolçilar faol boşlaşdi. 10-daqiqada Muhammad Mohibi jarima maydonçasiga kirmay zarba yölladi va ammo uning zarbasini himoyaçilar qaytarişdi. 13-daqiqada Mehdi Gaidi qanotdan uzatilgan töpni darvozaga yöllaşiga biroz aniqlik yetişmadi. Şu daqiqaning özida koreyaliklar hujumga ötişdi va hujum Main Son Ungning xavfli, ammo noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

Öyinning 23-daqiqasida hisob oçildi. Janubiy Koreyaning uzoq davom etgan hujumi gol bilan yakunlandi. Avvaliga uzoqdan berilgan zarbani darvozabon qaytardi, lekin qaytgan töpni birinçi öyinda ham jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan Li Don Jun darvozaga yölladi — 0:1.

35-daqiqada esa Ço Gyu Son fors himoyaçilarini doğda qoldirib, hisobdagi farqni ikkitaga oşirdi — 0:2.

Ikkinçi bölimni eronliklar faol boşlaşdi va 54-daqiqada Rizo Şekari hisobni qisqartirdi. U havodan uzatilgan töpni boş bilan darvozaga joylab qöydi. Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda eronliklar kuçli bosimni amalga oşirişdi, ammo hisob özgarişsiz qoldi – 1:2.

Şu tariqa Janubiy Koreya «S» guruhida birinçi bölib çorak final yöllanmasini hal qildi. Toşkent vaqti bilan 18:15 da «S» guruhining yana ikki jamoasi Özbekiston va Xitoy örtasidagi öyin boşlanadi.

Osiyo çempionati-U23
«S» guruhi
2-tur
ERON — JANUBIY KOReYa 1:2
Songhla. «Tinsulanon» stadioni, 5 177 tomoşabin.
Gol: Rizo Şekari (54) — Li Don Jun (23), Ço Gyu Son (35).
Eron: Habib Farabbosi, Mojtaba Najarian, Mehdi Mehdikoni, Ollohyor Sayyadmaneş, Rizo Şekari (Amir Husaynzoda, 81), Mehdi Gaidi (Ja'far Sulaymoniy, 76), Rizo Dehqoniy, Muhammad Mohibi, Matin Karizoda, Omid Nor Afkan, Orif Oğosi.
Janubiy Koreya: Son Bum Kun, Li Yu Xyon, Li San Min, Jon Tae Vuk, Jon Vu Yon, Ço Gyu Sun, Li Don Jun, Kim Jin Ya, Jon Sun Von, Maen Sun Un, Von Du Jae.