Özbek futbolini «jonlantirgan» olimpiyaçilar. Özbekiston özidan qimmat va hali gol ötkazmagan Saudiyadan revanş ololadimi?
|21:04 / 19.06.202238 8936 min
Foto: AFCFoto: AFC
Bugun, 19 iyunda özbekistonlik barça futbol işqibozlarining diqqat e’tibori «Bunyodkor» stadioni tomon qaratiladi. Mamlakatimiz mezbonligida qariyb uç hafta davom etgan Osiyo kubogi U23 finalida Özbekiston Saudiya Arabistoniga qarşi saf tortadi. Tribuna.uz butun Osiyo diqqat markazidagi hal qiluvçi bahs oldidan finalçilarning turnirdagi yöli, transfer narxi, eng qimmat futbolçilari va «Bunyodkor» stadioni atrofidagi voqealarga töxtaladi.
Özbek futbolini «jonlantirgan» olimpiyaçilar
ÖFA Osiyo kubogi U23 turniri mezbonligini ilk marta qölga kiritib, Özbekiston olimpiya jamoasining öyinlari orqali jamoatçilik e’tiborini yana futbolimizga qarata oldi. Tan oliş lozim, Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2022 saralaş bosqiçini tarixiy antirekord bilan erta tark etgaç, qiziqiş bir munça pasaygan edi. Temur Kapadze jamoasi esa ajoyib ğalabalari evaziga oxirgi marta JÇ-2018 saralaş bosqiçida kuzatilgan ajiotajni takrorladi. Hattoki Özbekiston milliy jamoasi öyiniga bunday qiziqiş sönggi marta 4-5 yil avval kuzatilgan edi. Bu safar esa yoşlarimizning har bir öyini nafaqat stadion va uning taşqarisida, balki butun Özbekiston böylab millionlab muxlislar quvonçiga sabab bölmoqda. Endi 2018 yilgi Ravşan Haydarov jamoasining çempionligini takrorlaş vaqti yetdi.
Yaponiyaga qarşi yarimfinal bahsi Toşkentda 10 mingdan ortiq tomoşabinni katta ekran qarşisida töplagan bölsa, Saudiya Arabistoniga qarşi final nafaqat poytaxtda, Samarqand va aksariyat boşqa şaharlarda ham katta ekranda namoyiş etilişi aytilmoqda.
34 ming tomoşabin siğimiga ega «Bunyodkor» stadioniga kiriş çiptalarining qanday ajiotaj çiqargani va muxlislarning haqli e’tiroziga sabab bölgani barçaga ma’lum. Futbol – katta bayram, millionlab odamlar kayfiyati, xalqni birlaştiruvçi vosita, katta kuç va gohida katta xatar ekanini Özbekiston iştirokidagi avvalgi öyinlar körsatib berdi. Final çiptasini sotib olişdagi turnaqator navbatlar, çiptalarning çayqovçilar qöliga ötib, öz narxidan 10-20 baravar qimmat narxda sotilayotgani Özbekiston – Saudiya Arabistoni örtasidagi öyinga qiziqiş qay darajada yuqoriligini körsatmoqda.
Özbekistonni Olimpiada-2020 va JÇ-2022 yöllanmasidan mahrum etgan Saudiyadan revanş olinadimi?
Mavzuga oid
Saudiya Arabistoniga qarşi yaqin ötmişdagi öyinlar özbek muxlisi xotirasida quvonçli onlar bilan emas, faqat – alam, iztirob, asabbuzarlik bilan yodda qolgan. 2020 yilda aynan Saudiya Arabistoni olimpiya jamoasi Osiyo kubogi U23 yarimfinalida Özbekistonni mağlub etib, Olimpiada-2020 yöllanmasidan mahrum etgandi.
Aynan Saudiya Arabistoni 2021 yilda Özbekiston milliy jamoasini yirik hisobda mağlub etib, JÇ-2022 hal qiluvçi saralaş bosqiçidan mahrum etib, bizni autsayderlar qatoriga uloqtirdi. Bugun esa yoşlarimiz alamli mağlubiyatlar uçun öziga xos revanş oliş imkoniyatiga egalar. Aynan şu avlod saudlardan ustun kelib, keyingi 10 yillikdagi turli musobaqalarda bu raqibni qörquvga sola oladigan jamoaga aylanişi mumkin.
Jamoalar finalgaça qanday yetib kelişdi?
Temur Kapadze şogirdlari finalga qadar guruhda – Turkmaniston, Qatar, Eron, pley-offlarda esa Iroq va Yaponiyani mağlub etib hal qiluvçi töqnaşuvga yetib kelişdi. Saudiyaliklar esa guruhda – Tojikiston, Yaponiya, BAA bilan öynab, pley-offlarda Vetnam hamda Avstraliyani mağlub etgan holda finalga çiqişdi. E’tiborlisi, Saad Aş-Şehri murabbiyligidagi bu raqib turnirda hali öz darvozasidan birorta ham gol ötkazib yuborgan emas.
Özbekistonning finalgaça yöli:
1-tur. Özbekiston – Turkmaniston – 1:0
2-tur. Özbekiston – Qatar – 6:0
3-tur. Özbekiston – Eron – 1:1
Çorakfinal. Özbekiston – Iroq – 2:2 (pen: 3:2)
Yarimfinal. Özbekiston – Yaponiya – 2:0
S.Arabistonining finalgaça yöli:
1-tur. Saudiya Arabistoni – Tojikiston – 5:0
2-tur. Saudiya Arabistoni – Yaponiya – 0:0
3-tur. Saudiya Arabistoni – BAA – 2:0
Çorakfinal. Saudiya Arabistoni – Vetnam – 2:0
Yarimfinal. Saudiya Arabistoni – Avstraliya – 2:0.
Özbekiston özidan qimmat jamoaga qarşi
Transfermarkt portaliga köra, Saudiya Arabistoni Osiyo kubogi U23 turnirning eng qimmatbaho 3-jamoasidir – 6,1 mln yevro. Amaldagi çempion Janubiy Koreya umumiy tarkibi bahosi 15,9 million yevro bilan eng qimmat jamoa sanaladi, Yaponiya esa bu borada 6,5 mln yevro narx bilan 2-örinda.
Özbekiston olimpiya jamoasining umumiy transfer bahosi esa finaldagi raqibidan past – 4,9 mln yevro. Kapadze şogirdlari tarkibning narxi böyiça Osiyo kubogida 7-örinda.
Finalçilarning tarkibiga nazar taşlaydigan bölsak, saudiyaliklar yoş jihatdan vakillarimizdan kattaroq – örtaça 21,5 yoş. Özbekiston esa ikki yildan keyingi boş maqsadi – Parij-2024 yöllanmasi uçun bu turnirda 23 yoşlilar emas, örtaça 20,1 yoş bölgan tarkib bilan qatnaşmoqda.
Turki Al-Ammar saudlar tarkibidagi eng qimmatbaho (900 ming yevro) öyinçi sanalsa, «Nasaf» forvardi Husayn Norçayev 700 ming yevro narxi bilan vakillarimiz safidagi eng qimmatbaho futbolçidir.
Saudiya Arabistoni U23 jamoasining eng qimmatbaho 3 öyinçisi:
1. Turki Al-Ammar, 22 yoş – 900 ming yevro
2. Firas Al-Buraykan, 22 yoş – 850 ming yevro
3. Saud Abdulhamid, 22 yoş – 850 ming yevro
Özbekiston U23 jamoasining eng qimmatbaho 3 öyinçisi:
1. Husayn Norçayev, 20 yoş – 700 ming yevro
2. Abduvohid Ne’matov, 21 yoş – 600 ming yevro
3. Jasurbek Jaloliddinov, 20 yoş – 550 ming yevro.