«Bunyodkor» stadionida 32 mingdan ortiq tomoşabin qarşisidagi hal qiluvçi töqnaşuvda Temur Kapadze şogirdlari Saudiya Arabistoniga mağlub bölişdi.
Uçraşuvning 49-daqiqasida Al-Gamdi ajoyib zarbasi bilan Nazarov darvozasini işğol etib, hisobni oçdi – 0:1.
70-daqiqada Ruslan Jiyanov hisobni tenglaştirdi, ammo gol inobatga olinmadi – ofsayd.
74-daqiqada esa Al-Buraykan öyindagi ikkinçi golni urib, amalda barça masalaga nuqta qöydi – 0:2.
Şu tariqa, Saudiya Arabistoni turnirda birorta ham töp ötkazmay, Osiyoning 23 yoşli jamoalari orasida tengsiz böldi. Özbekiston olimpiya jamoasi esa musobaqani 2-örinda yakunladi. 3-örin Yaponiyaga nasib etdi.
Osiyo kubogi U23. Final.
19 iyun (yakşanba)
Özbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:2
Toşkent, «Bunyodkor» stadioni. 32 368 tomoşabin.
Gollar: Hamid Al-Gamdi, 49, Firas Al-Buraykan, 74.
Özbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (15. Odil Abdumajidov, 57), 3. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov (Otabek Jöraqöziyev, 83), 9. Uluğbek Hoşimov (Ruslanbek Jiyanov, 57), 10. Jasur Jaloliddinov, 17. Diyor Xolmatov (14. Abbosbek Fayzullayev, 83), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norçayev, 23. Abdurauf Böriyev.
Saudiya Arabistoni: 1. Navaf Al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti, 6. Ibrohim Maxnaşi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid Al-Gamdi, 9. Firas Al-Buraykan, 11. Ahmad Al-Gamdi, 12. Muteb Al-Xarbi, 13. Hamad Al-Yami, 15. Husayn Al-Eysa (10. Turki Al-Ammar, 60), 23. Saud Abdulhamid.











