Keça, 19 iyun, «Bunyodkor» stadionida bölib ötgan uçraşuv uçun muxlislar tomonidan qiziqiş katta edi. Musobaqa davomida özining hayajonli öyinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Temur Kapadze jamoasiga finalda stadiondan turib muxlislik qilişni istovçilar juda köp edi. Finalga bölgan qiziqiş kölamini öyin oldidan çiptalar savdosida kuzatilgan muammolar, «Bunyodkor» kassalari oldida yuzaga kelgan turnaqator navbatlar ham körsatib berişi mumkin. 

Albatta, umuman olganda, musobaqa oğir ötdi, ammo yarimfinaldagi öyinlarga qarab aytiş mumkinki, hal qiluvçi bellaşuvga har ikkala jamoa ham ortiqça çarçoq asoratlarisiz yetib kelişdi. Saudiya Arabistonida aytarli yöqotişlar yöq edi. Özbekiston olimpiyaçilari safida esa Iroqqa qarşi öyindagi qöpolligi uçun OFK Tartib-intizom qömitasi tomonidan 3ta öyinga diskvalifikatsiya qilingan Abduvohid Ne’matov xizmatlaridan foydalana olmasdilar. Şuningdek, Ibrohim Ibragimov ham jarohat sabab jamoasiga yordam bera olmadi. 

Uçraşuvning birinçi taymi nisbatan teng kuraşlar ostida keçdi. Har ikkala tarafda ham bittadan ança xavfli zarba yöllaş imkoniyati böldi. Özbekiston safidan Hojimat Erkinov himoyaçilar xatosidan söng zarba pozitsiyasiga çiqib keldi, ammo u tepgan töp darvozaning ança yuqorisidan ötib ketdi. Saudiyaliklarning zarbasi esa rekaşet bölib, maydonni tark etdi. Şuningdek, birinçi taym oxirida boş hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi. Ammo VAR orqali vaziyat qayta körib çiqilgaç, vaziyat avvalida arab futbolçilaridan biri ofsaydda bölgani ma’lum böldi. 

Ikkinçi taymda muxlislar Özbekistondan faolroq öyinni kutişgandi. Ammo aksinça Saudiya Arabistoni qarşi hujumlarni keskin amalga oşirib, hisobni oçib oldi. 49-daqiqada Ahmad Al-Ğamdi hisobni oçdi. Uşbu vaziyatda tayanç yarimhimoyaçimiz Abdurauf Böriyev orqaroqda qolib ketdi va Al-Ğamdi Saidazamat Mirsaidovni bitta harakat bilan çalğitib, darvozaga zarba yölladi. Yuqori çap burçakka yöllangan zarbani Vladimir Nazarov uşlab qola olmadi. 

Şundan söng, Özbekiston yoşlari yanada hujumga zör berişdi. Raqiblar esa öz omadini qarşi hujumlardan qidirdi. Zaxiradan maydonga tuşgan Ruslanbek Jiyanov ketma-ket hujumlardan birini gol bilan yakunlaşga erişgandi, ammo u öyindan taşqari holatda qolib ketgandi. Tezroq gol urib oliş maqsadida katta kuç bilan oldinga taşlangan vakillarimiz himoyada raqibga böş zonalar oçib bera boşlaşdi. 74-daqiqada saudiyaliklarning asosiy hujumçisi Firas Al-Biraykan çap qanotdagi böşliqdan foydalanib, oldinga bordi. Ança burçakka borib qolganiga qaramay, Firas kutilmaganda zarba berişga qaror qildi va darvozaning öng pastki burçagini işğol qildi. Uşbu gol Saudiya Arabistoniga qöşimça xotirjamlik berdi va ular öz ğalabalarini hakamning sönggi huştagi çalinguniça uşlab tura olişdi.