Xitoy janubida dunyodagi eng katta va eng sezgir sferasimon radioteleskop FAST rasman işga tuşirildi. Bu haqda 11 yanvarda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.   

Ta'kidlanişiça, aperturasi 500 metr bölgan radioteleskopning qiymati 170 mln dollarni taşkil qilgan. 
 
Uning maydoni 30 ta futbol maydoniga teng bölib, perimetri 1,6 kmni taşkil qiladi. Obekt Guyçjou provinsiyasining janubidagi tabiiy botiqlikda joylaşgan.
 
Ayni vaqtda FAST dunyodagi eng yirik radioteleskop hisoblanadi. U koinotning rivojlanişi va evolyutsiyasi bilan boğliq jumboqlarni yeçiş uçun qöllanadi.


 
Teleskopning boş muhandisi Tszyan Penning ta'kidlaşiça, FAST evaziga yaqin yillarda bir qator yirik ilmiy kaşfiyotlar amalga oşiriladi.

FAST 2016 yilda qurib bitkazilgan. Uning qurilişi 5 yil davom etgan. Soniyasiga 38 Gbayt axborotni qabul qila oladigan teleskop 2 yil içida 102 ta yangi pulsar yulduzni aniqlagan. Bu esa Yevropa va AQŞdagi tadqiqot guruhlari tomonidan şu davr içida topilgan umumiy pulsarlar sonidan köproqni taşkil qiladi.