Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Shomurodov «Rostov»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi
Foto: KUN.UZ
«Rostov» klubi forvardi Eldor Shomurodov mavsum yakunigacha klubda qolishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Rossiyaning «Biznes Online» nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, hujumchi mavsum yakunigacha «Rostov» safida qolib, klubiga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini olish uchun yordam bermoqchi.
«O‘zbekistonlik futbolchi Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lish va shundan so‘ng kelasi mavsumni Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridan birida boshlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
Ushbu qarorning o‘zgarishiga faqat bitta narsa ta'sir o‘tkazishi mumkin, bu «Rostov»ga taklif etiladigan katta transfer summasidir. Biroq, ayni damda Shomurodov bo‘yicha klub oldida bunday taklif yo‘q», - deya yoziladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston milliy jamoasining 24 yoshli hujumchisiga Germaniyaning «Shalke» klubi 15 million yevro bermoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, Shomurodov Rossiya chempionati doirasidagi 19 o‘yinda 10ta golga mualliflik qilib, to‘purarlar poygasida «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyubadan keyingi 2-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026