Tailandda 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida Osiyo çempionati davom etmoqda. Özbekiston qatnaşayotgan «S» guruhi vakillari Eron va Janubiy Koreya ikkinçi turda özaro töqnaş kelişdi. Öyin koreyslarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Osiyoning ikki kuçli futbol mamlakati vakillari töqnaş kelgani sabab öyin keskin kuraşlar bilan keçişi kutilgandi. Bu bahsga şijoat va tartib töqnaşuvi deb nom beriş mumkin. Bugun har ikki jamoa öz xarakterini körsata oldi. Eron öyin oxirida juda kuçli bosim uyuştirdi, ammo mağlubiyatdan qutulib qola olmadi.

Koreyslar esa butun öyin davomida muvozanatni saqlab turgan holda haqli ğalabaga erişdi. Koreya safida birinçi öyinda ham gol urgan Li Don Jun yana özini körsatib, hisobni oçdi. U Janubiy Koreyaning yangi yulduzi sifatida oçilib bormoqda. Ço Gyu Sonning ham goli çiroyli çiqdi. Eron esa öyin oxirida hisobni qisqartirgan bölsa-da, bundan ortiğiga kuçi yetmadi. 

Quyida Eron — Janubiy Koreya öyinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Muhammadjon Ğaniyev olgan suratlar