1. Kike Seten plyaj futbolida boşlagan.
2. Santanderning «Rasing» klubida u Maestro nomini olgan va klub ramzlaridan biriga aylangan, u bu klub safida 12 mavsum davomida töp surgan. Bundan taşqari, u santanderliklar klubini 2001/02 yilgi mavsumda boşqargan hamda klubni birinçi divizionga olib çiqqan.
3. U «Barsa» tarixidagi uçinçi kantabrianlik murabbiy böldi. Ungaça Enrike Orisaola (1961) va Laureano Ruis (1976) ham katalonlar klubida işlagan.
4. Seten futbolçi sifatida «Barselona»ga qarşi 22 marta öyin ötkazib (+5=5-12), ikki gol urgan.
5. Murabbiy sifatida esa Kike kök-anorranglilar bilan jami 7 marta töqnaşgan, 6 marta mağlub bölib, bir marta «Kamp Nou»dagi öyinda ğalaba qozongan.
6. U murabbiy sifatida turli yillarda «Rasing», «Poli Exido», «Logrones», «Lugo», «Las-Palmas» va «Betis» klublarida işlagan, şuningdek bir muddat davomida Ekvatorial Gvineya terma jamoasi boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi bölgan.
7. U «Kamp Nou»ga safarlaridan birida Serxio Busketsdan futbolka sovğa olgan, unda şunday bitiklar qayd etilgandi: «Sizning futboldagi qaraşlaringizga hayrat bilan. Barça yaxşi tilaklar».
8. Seten «Barsa»ning sobiq futbolçilari Bartra, Kaptum, Telo, Sanabriya, Arauxo, Xaliloviç va Kevin-Prins Boateng bilan işlagan, şuningdek, ayni vaqtda katalonlar klubi a'zosi bölgan Firpo uning «Betis»dagi şogirdi edi.
9. «Barselona»ning yangi murabbiyi hamişa Lionel Messining öyinlaridan hayratlangan.
10. Kike — şaxmat işqibozi. U jahonning sobiq çempionlari Anatoliy Karpov va Gari Kasparov kabi şaxmatçilarga qarşi dona surişga muvaffaq bölgan.












